“Konstitutsiya meniki, seniki, bizniki!

    Toyloqda “Konstitutsiya meniki, seniki, bizniki! Konstitutsiya o‘zimizniki!” shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Targ‘ibot tadbirida yoshlar hamda aholi vakillari ishtirok etishdi.
Tadbir davomida so‘zga chiqqan iqtidorli yoshlar,  sportchilar,  mehnat faxriylari hamda turli soha vakillari Bosh qomusimizga kiritilayotgan o‘zgartishlarning mazmun-mohiyati, har bir soha rivojiga doir muhim jihatlar xususida so‘z yuritishdi. Asosiy Qonunimiz mamlakatimizda yangi hayot, yangi jamiyat barpo etish yo‘lida qo‘lga kiritilayotgan barcha yutuq va marralarimizning xuquqiy poydevori – kelajagimizning ishonchli kafolati ekanligi, Konstitutsiyaga kiritilayotgan o‘zgartishlar «Inson-jamiyat-davlat» tamoyiliga asoslanishini ta’kidlandi.
     Tadbir davomida "Nihol" mukofoti sohibasi Laylo Alimova hamda tuman madaniyat bo‘limi xodimlari konsert dasturlari bilan ishtirok etib davraga bayram shukuhini olib kirishdi.

Tuman hokimligi axborot xizmati.
 

2015-2018 © Тойлоқ туман хокимлиги. Сайт САКТРМ томонидан ишлаб чиқилди