Vatan himoyasi har bir yigitning burchi!

    Yurtimizning har bir o‘g‘loni uchun Vatanni himoya qilish, bu yo‘lda xizmat qilish, nafaqat or-nomus, yigitlik burch, balki sharaf va mas’uliyatdir. Harbiy xizmat nafaqat yigitlik burch balki yoshlarda mustahkam iroda va xarakterni shakllantiradigan, jismoniy chiniqish va yuksak insoniy fazilatlar kamol topadigan o‘ziga xos maktab hamdir. 
   Bu borada aholiga keng tushuncha berish, muddatli harbiy xizmat va safarbarlik chaqiruv rezerviga chaqirilish tartibi kabi ma’lumotlarni yoshlar va keng jamoatchilikka yetkazish maqsadidaToyloq tuman mudofaa ishlari bo‘limi boshlig‘i, podpolkovnik S. Nabiyev tumandagi 4-sektor hududidagi mahalla fuqarolar yig‘inlarida uchrashuvlar o‘tkazdi.  Unda  2023 yilgi safarbarlik chaqiruvi rezervi xizmatiga oldindan saralash hamda pul badallari to‘g‘risida yoshlar va jamoatchilik vakillariga batafsil ma’lumot berdi.

 

2015-2018 © Тойлоқ туман хокимлиги. Сайт САКТРМ томонидан ишлаб чиқилди