Sportchilarimiz xalqaro turnirda faol ishtirok etdi

   Joriy yilning 23-26 yanvar kunlari Toshket shahrida 2008-2009 yillarda tug‘ilgan o‘g‘il bolalar va qizlar o‘rtasida Toshkent shaxar hokimi sovrini uchun “Murabbiylar xotirasiga” bag‘ishlangan  xalqaro xotira  turniri bo‘lib o‘tdi. Sportning yunon-rum kurashi turi bo‘yicha o‘tkazilgan musoboqada qo‘shni davlatlardan  Qozog‘iston, Qirg‘iziston hamda Tojikiston respublikalaridan 400 dan ortiq sportchilar qatnashdi. 
    Ushbu turnirda Toyloq olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi sportchilari munosib ishtirok etib, quyidagi natijalarni qo‘lga kiritdi:

48 kg vazn toifasida Eshmirzayev Shoxjahon 1-o‘rin: 
44 kg vaznda Jabborov Shoxjahon 2-o‘rin:
41 kg vaznda Qurbonaliyev Jasur 3-o‘rin:
57 kg vaznda Mahmudov Sardor  hamda Gʻiyosiddinov Husan  3-o‘rin:
66 kg vaznda Xudoyberdiyeva Nozima 3-o‘rin.

Tuman hokimligi axborot xizmati.

2015-2018 © Тойлоқ туман хокимлиги. Сайт САКТРМ томонидан ишлаб чиқилди