Bugun Xalq deputatlari Toyloq tuman Kengashining ellik birinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.

 

            Sessiya ishini tuman kengashi raisi Bahodir Babonazarov olib bordi.

                Sessiyada quyidagi masalalar deputatlar tomonidan muhokama etildi:      

     1. Tumandagi sektor rahbarlarining hududda “Temir daftar”, “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari” asosida amalga oshirilayotgan ishlar bo‘yicha hisoboti.

     2.Tuman Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘ining jamoat xavfsizligi boʻyicha oʻrinbosari Sh.Tursunovning tumanda huquqbuzarliklarning oldini olish va ularning profilaktikasi holati yuzasidan hisoboti.         

    3.Tuman hokimining xotin-qizlar masalalari boʻyicha maslahatchisi M.Yuldashevaning Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 5-martdagi “Xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash, ularning jamiyat hayotidagi faol ishtirokini taʼminlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-5020-sonli qarori ijrosi yuzasidan hisoboti.

   4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 21-iyuldagi “Kichik sanoat zonalari faoliyatini muvofiqlashtirish va boshqarishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4363-sonli qarorining tumandagi ijrosi to‘g‘risida tuman hokimining o‘rinbosari, Investitsiya va tashqi savdo bo‘limi boshlig‘i D.Umurzoqovning hisoboti.

   5. Fuqarolarni muddatli harbiy xizmatga chaqiruv tadbirlarini amalga oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan tuman Mudofaa ishlari bo‘limi boshlig‘i D.Sidiqnazarovning hisoboti.

   6. Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer maydonlaridan samarali foydalanish, boʻsh turgan, zaxiradagi yer maydonlarini qishloq xoʻjaligi korxonasi yoki dehqon xoʻjaligi tashkil yetish uchun ochiq yelektron tanlovga chiqarish boʻyicha tayyorlangan loyihalarni koʻrib chiqish va tasdiqlash toʻgʻrisida.

   7. Aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida kam taʻminlangan, ehtiyojmand oilalarni sektorlar kesimida “Temir daftar”ga kiritish to‘g‘risida.

   8. Aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida “Temir daftar”ga kiritilgan kam ta’minlangan, ehtiyojmand oilalarga “Sahovat va ko‘mak” jamg‘armasidan mablag‘ ajratish hamda sarflanishini nazorat etish to‘g‘risida

     Sessiyadagi barcha masalalar deputatlar tomonidan muhokama etilgach, tegishli qarorlar qabul qilindi.  

 

                                                                                                                  Tuman hokimligi axborot xizmati.

2015-2018 © Тойлоқ туман хокимлиги. Сайт САКТРМ томонидан ишлаб чиқилди