Yosh sportchilar uchun sambo bo‘yicha master-klass o‘tkazildi

     Toyloq olimpiya zaxiralari kollejida  bo‘lib o‘tgan mahorat darsida sambo buyicha ikki karra Jahon chempioni, 3 karra Osiyo chempioni va xalqaro toifadagi sport ustasi Davlat Hamrayev hamda sambo buyicha yoshlar o‘rtasida Jahon chempioni, Jahon chempionati sovrindori, xalqaro toifadagi sport ustasi Bektosh Nazarov sportning sambo turi sirlari va jang texnikasini namoyish qilishdi.
    Uchrashuvda yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga chempionlardan batafsil javob oldi.  
    Chempionlar – Toyloq olimpiya zaxiralari aollejining sobiq o‘quvchilari Davlat Hamrayev hamda Bektosh Nazarovlar xalqaro musobaqalardagi ishtiroki, g‘alaba onlaridagi his-hayajonlari hamda bu natijaga erishish uchun u qanday mehnat qilib, sabr va harakat bilan ushbu marralarni zabt etgani xaqida so‘zlab berdi.

Tuman hokimligi axborot xizmati.

2015-2018 © Тойлоқ туман хокимлиги. Сайт САКТРМ томонидан ишлаб чиқилди