Yoshlarga e’tibor – mamlakat taraqqiyotiga xizmat qiladi

   Mamlakatimizda yosh avlodni barkamol qilib tarbiyalash, uyushmagan yoshlar bilan samarali ishlash, ularning bandligini ta'minlashga alohida e’tibor qaratilmoqda.
   Bu borada Toyloq tumanida ham tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, joylarda o‘tkazilayotgan uchrashuvlar, ochiq muloqot va sayyor qabullar o‘z samarasini bermoqda. Ana shunday uchrashuvlardan biri bugun Chorbog‘tepa mahallasida bo‘lib o‘tdi. Unda Toyloq tuman hokimining yoshlar siyosati va ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari Jahongir Haqberdiyev mahallaning uyushmagan yoshlari bilan uchrashdi va ularning muammolarini tingladi va ularni qonuniy hal etish choralarini izladi.
   Shuningdek, Jahongir Haqberdiyev 43-maktabning yuqori sinf o‘quvchilari bilan yuzma-yuz muloqotda bo‘ldi. Ularning o‘qib bilim olishi uchun ta’lim dargohida yaratilgan sharoitlar haqidagi, qolaversa, maktabda ta’lim sifati borasidagi fikrlarini o‘rgandi.

2015-2018 © Тойлоқ туман хокимлиги. Сайт САКТРМ томонидан ишлаб чиқилди