Qish yaqin. Maktablar kuz-qish mavsumiga tayyormi?

   

   Bugun tuman hokimligida navbatdagi matbuot anjumani o‘tkazildi.  Ta’lim muassasalarida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holatiga bag‘ishlangan matbuot anjumanida Toyloq tuman hokimi B. Bobonazarov, sektorlar rahbarlari, ommaviy axborot vositalari xodimlari, masalaga aloqador tuman korxona va tashkilotlar rahbarlari hamda jamoatchilik vakillari ishtirok etishdi. 
   Anjumanda tuman hokimi B. Bobonazarov Toyloq tumanida ta’lim hamda maktabgacha ta’lim muassasalarida kuz-qish mavsumi oldidan ko‘rilgan choralar haqida ma’lumot berib o‘tdi. 

   Ta’kidlandiki, tumanda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik tadbirlari rejasini ishlab chiqish oldidan xalq ta’limi tizimidagi barcha maktablar to‘liq o‘rganib chiqildi. Shunga muvofiq, bajariladigan ishlar aniq hisob-kitob qilingan.
     Toyloq tuman xalq ta’limi bo‘limi tasarrufida 61 ta umumta’lim maktablari mavjud bo‘lib shulardan 51 tasi ko‘mirga maslashtirilgan.  10 ta maktab tabiiy gazdan foydalanadi. Bugungi kunga qadar 10, 24, 28, 30, 40- umumta’lim  maktablariga 13 dona yangi zamonaviy isitish qozonlari o‘rnatildi. Bundan tashqari 6 ta (10, 13, 23, 34, 57, 59) umumta’lim  maktablariga 10 dona yangi zamonaviy isitish qozonlari o‘rnatish rejalashtirilgan. 

Tabiiy gaz yetib bormagan hududlardagi 50 ta ta’lim muassasasini isitish mavsumi uchun yetarli yoqilg‘i bilan ta’minlash bo‘yicha barcha zarur chora-tadbirlar ko‘rilmoqda. Mazkur maktablarga 1025 tonna ko‘mir yetkazib berildi. 
   Joriy yilda invistisiya dasturi asosida 1 ta maktab rekonstruksiya qilingan bo‘lsa, 40 ta maktabda joriy ta’mirlash ishlari amalga oshirildi. Muassasalardagi isitish tizimlari bilan bog‘liq kamchiliklar bartaraf etildi. 
“Obod qishloq” davlat dasturi asosida1 ta maktab joriy ta’mirlandi, 1 ta maktabda qo‘shimcha bino qurildi.

    Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik jarayonida “Obod qishloq” dasturiga kirgan hududlardagi ta’lim muassasalariga alohida e’tibor qaratilmoqda. Dastur amalga oshirilayotgan Navzandak qishlog‘ida joylashgan 27 umumta’lim maktabida qo‘shimcha o‘quv binosi hamda sport zal, bitta 120 o‘ringa mo‘ljallangan maktabgacha ta’lim tashkiloti, 1 qishloq vrachlik punkiti  qurilmoqda. Yastepa mahallasidagi 90 o‘rinli 35-maktabgacha ta’lim tashkiloti ham rekonstruksiya qilinmoqda. Qolaversa, 43 va 21-MTTlarda ham rekonstruksiya ishlari davom etmoqda.  
 

Tuman hokimligi axborot xizmati.

2015-2018 © Тойлоқ туман хокимлиги. Сайт САКТРМ томонидан ишлаб чиқилди