Murojaat ortida inson taqdiri bor

    Aholi bilan yuzma-yuz muloqot qilish, ularning muammolarini o‘rganib, qonuniy yechim topish, fuqarolarning hayotdan rozi bo‘lib yashashlariga ko‘maklashish maqsadida tashkil etilib kelinayotgan bunday qabullar o‘z samarasini bermoqda. 
   Bugun bo‘lib o‘tgan Toyloq tuman hokimi B.Bobonazarovning shaxsiy kunlik qabulida ham fuqarolardan 9 ta murojaat kelib tushdi. Shundan 4 ta murojaat egalariga huquqiy tushuncha berilgan bo‘lsa, 4 tasi ijroga yo‘naltirildi. 1  ta murojaat joyida ijobiy yechim topdi. 

    Xususan, Ukrach mahallasida yashovchi Alisher Bakirov ayni paytda ishsiz ekanligini ma’lum qilib, ishga joylashtirishda amaliy yordam so‘radi. Gʻo‘lbalik A. Tog‘ayev o‘g‘li uchun tibbiy yordam, Taraqqiyot MFYda yashovchi A.Parmonov esa moddiy yordam so‘rab murojaat qildi. Shuningdek, ilmobodlik Lobar Rahmonovaga uyining tomini yopishi uchun shifer beriladigan bo‘ldi.

Tuman hokimligi axborot xizmati.
 

2015-2018 © Тойлоқ туман хокимлиги. Сайт САКТРМ томонидан ишлаб чиқилди