Mahalliy kuzatuvchilar uchun o‘quv-seminar tashkil etildi

    Saylovga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazishga doir barcha tadbirlarda hamda saylov kuni ovoz berish va ovozlarni sanab chiqish jarayonlarida saylov qonunchiligiga to‘liq rioya etilishi ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirishda, mahalliy kuzatuvchilar muhim o‘rin tutadi.

   Shu boisdan bugun Toyloq tuman hokimligida O‘zbekiston Respublkasi Prezidenti sayloviga tayyorgarlik ko‘rish hamda o‘tkazish jarayonlarida fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlaridan biriktirilgan kuzatuvchilar uchun o‘quv-seminar tashkil etildi.  O‘zbekiston Respublikasi mahalla va oilani qo‘llab- quvvatlash vazirligi huzuridagi "Mahalla va oila" ilmiy tadqiqot instituti katta ilmiy xodimi X. Norqulov trenerlik qilgan seminarda Toyloq hamda Jomboy tumanlaridan vakillar ishtirok etishdi.
   Seminarda kuzatuvchining huquqiy maqomi, vakolati, majburiyatlari hamda faoliyat yuritish tartibi haqida ma’ro‘zalar tinglandi.

Tuman hokimligi axborot xizmati.

2015-2018 © Тойлоқ туман хокимлиги. Сайт САКТРМ томонидан ишлаб чиқилди