Uyushmagan yoshlar bilan uchrashuv

    Toyloq tuman hokimining yoshlar siyosati va ijtimoiy rivojlantirish va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari Jahongir Haqberdiyev davlatobodlik yoshlar bilan uchrashdi. Uyushmagan yoshlarning muammolarini o‘rganib, hal etish, ular o‘rtasida sodir etilishi mumkin bo‘lgan jinoyatchilikning oldini olish, bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida o‘tkazilgan uchrashuvda mahalla yoshlari o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilishdi. 

     Jumladan, Marjona Abdurahimova tikuvchilik syexi ochish niyati borligini, lekin ishni nimadan boshlashni bilmayotganini, unga yo‘l-yo‘riq ko‘rsatib, amaliy yordam berishlarini ma’lum. SamDUning 2-bosqich talabasi Go‘zal Mavlonova esa ta’lim krediti olishda amaliy ko‘mak so‘radi. Shuningdek, Jasmina Abduqodirova maktabda o‘tkakziladigan tadbirlar uchun faollar zali zarurligini bildirdi. 
    Yoshlar tomonidan bildirilgan savol va takliflar ro‘yxatga olinib, ijroga yo‘naltirildi.

 

2015-2018 © Тойлоқ туман хокимлиги. Сайт САКТРМ томонидан ишлаб чиқилди