Keksalar e’zoz va e’tiborda

   Bugun “Keksalarni e’zozlash, ularga hurmat-ehtirom ko‘rsatish – xalqimizga xos ezgu fazilat” degan g‘oya ostida o‘tkazilayotgan "Keksalar xaftaligi"ning ikkinchi kuni.  Haftalik doirasida mahallarda ma’naviy-ma’rifiy, sport tadbirlari o‘tkazilmoqda. 

    Jumladan, bugun tumanimizning to‘rtta sektor hududidagi Charog‘bon, Fayzobod, Xo‘jayuz, O‘ray Elipok, Bog‘izag‘on, Jumabozor, Saribozor mahallalarida yashovchi keksa avlod vakillari o‘rtasida shaxmat-shashka, salomatlik uchun piyoda yurish kabi sport tadbirlari tashkil etildi. Qolaversa, bir piyola choy ustida yoshlar ta’lim-tarbiyasi, ularni kitobxonlikka yanada qiziqtirishda keksa avlod vakillarining o‘rni borasida mazmunli suhbat o‘tkazildi.
   Tadbir doirasida betob va nogironligi bor keksalarning holidan xabar olinib, tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda.

Tuman hokimligi axborot xizmati.

2015-2018 © Тойлоқ туман хокимлиги. Сайт САКТРМ томонидан ишлаб чиқилди