Yuzma-yuz muloqot

   Byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi Toyloq tuman bo‘limi tomonidan mahallalarda fuqorolarning murojaatlari yuzasidan sayyor qabul o‘tkazilmoqda.  
   Xususan, 1-2 sektorlar hududida fuqarolarning pensiya ta’minoti va bolalar nafaqasi bo‘yicha e’tirozlarini joyiga chiqib o‘rganish hamda amaldagi qonunchilik talablari bo‘yicha fuqarolarga tushuntirish berish maqsadida o‘tkazilgan sayyor qabul avvalida byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi tuman bo‘limi vakillari so‘nggi yillarda yurtimizda pensiya ta’minoti tizimida yuz bergan o‘zgarishlar to‘g‘risida so‘z yuritishdi.
     Shuningdek, sayyor qabulda mamlakatimizda fuqarolarning ijtimoiy ta’minotiga doir amaldagi me’yoriy hujjatlar, pensiya tayinlash, qayta hisoblash va to‘lash tartibi, shuningdek, bolalar nafaqasi va kam ta’minlangan oilalarga moddiy yordam tayinlash masalalarida aholiga batafsil ma’lumot berildi.

2015-2018 © Тойлоқ туман хокимлиги. Сайт САКТРМ томонидан ишлаб чиқилди