Tuman hokimining kunlik qabuli bo‘lib o‘tdi

  Toyloq tuman hokimi Bahodir Bobonazarovning kunlik qabuli davom etmoqda. Bugun bo‘lib o‘tgan navbatdagi qabulda 8 nafar fuqarolar uy-joy, tibbiy yordam, nafaqa puli, , kredit kabi masalalar yuzasidan murojaat qilishdi. 
   Xususan, bola uchun nafaqa puli, kredit va yer masalasida murojaat qilgan 4 nafar fuqarolarga huquqiy tushuntirish berilgan bo‘lsa, tibbiy yordamga muhtoj oila zudlik bilan shifoxonaga joylashtirildi.        
    Shuningdek, 3 ta murojaat nazorat ostiga olindi va o‘rganib, ijrosini ta'minlash uchun mutasaddilarga biriktirildi.

Tuman hokimligi axborot xizmati.

2015-2018 © Тойлоқ туман хокимлиги. Сайт САКТРМ томонидан ишлаб чиқилди