Aholi murojaatlari tinglandi
14.02.2024 - 16:49 Bugun Taraqqiyot mahallasi aholisi uchun tuman hokimining sayyor qabuli o‘tkazildi. Unda Toyloq tuman hokimi Bahodir Bobonazarov, tuman oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i Noila Kambariddinova, tumandagi korxona va tashkilotlar rahbarlari hamda murojaat bilan kelgan fuqarolar ishtirok etishdi.
Muloqotda murojaatchilar o‘zlarini qiynayotgan ijtimoiy-maishiy, kommunal, iqtisodiy va huquqiy masalalarni hal etishda amaliy yordam so‘rashdi.