Tuman aholisi uchun navbatdagi qabul bo‘lib o‘tdi
05.04.2023 - 15:50 Bugun O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Toyloq tumanidagi Xalq qabulxonasida o‘tkazilgan qabulda Toyloq tuman hokimining o‘rinbosari J.Xo‘jamurodov, tuman Xalq qabulxonasi mudiri Q. Ismoilov hamda tuman korxona va tashkilotlar rahbarlari ishtirok etib, fuqarolarning murojaatlarini tinglashdi.
Qabulda fuqarolar o‘zlari istiqomat qilayotgan hududning ijtimoiy va kommunal sohaga oid muammolari, shuningdek shaxsiy masalalar bo‘yicha murojaat qildilar.