Янгиликлар

Yoshlar bilan yuzma-yuz muloqot 

    Bugun Toyloq tumani 2-sektor shtabi binosida viloyat prokuraturasi rahbariyatining sayyor qabuli va yoshlar bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
   Uchrashuv avvalida Samarqand viloyati prokurorining o‘rinbosari Alisher Zokirov hamda Toyloq tuman hokimi Bahodir Bobonazarovlar yoshlar bilan ochiq va samimiy muloqot qilishdi. Ularning orzu va rejalari, shuningdek, muammolarini tinglashdi. 

Toyloqda 1470 gektar maydonga suv tejovchi texnologiyalar joriy etilgan

   Butun dunyoda bo‘lgani singari serquyosh diyorimizda ham suv muhim ahamiyatga ega. Mavjud suv resurslarining salmoqli qismi qishloq xo‘jaligi ekinlarini yetishtirishga sarflanishi e’tiborga olinsa, bu beminnat ne’matdan tejab-tergab foydalanish dolzarb masala sanaladi. Shu maqsadda qishloq xo‘jaligi ekinlarini yetishtirishda suv tejovchi texnologiyalar joriy etilsa, hosildorlik ko‘tarilishi bilan birga, suvni tejash imkoniyati ham yuzaga keladi.

2015-2018 © Тойлоқ туман хокимлиги. Сайт САКТРМ томонидан ишлаб чиқилди