Янгиликлар

TAYINLOV

Toyloq tumani hokimining tegishli qaroriga asosan Xamroyev Komil Axrorkulovich tuman hokimligi Devonxona mudiri lavozimiga tayinlandi.

Komil Xamroyev ushbu tayinlovga qadar Toyloq tumani hokimligi ijro nazorati bosh mutaxassisi vazifasida ishlagan.

Qo‘l jangi bo'yisha "Toyloq tuman hokimi kubogi" bo‘lib o‘tdi

Bugun Toyloq tumanidagi sport maktabida professional qo‘l jangining R1 yo‘nalishida "Toyloq tuman hokimi kubogi" bo‘lib o‘tdi. Qizg‘in va murosasiz o‘tgan musobaqada viloyatimizning professional va eng kuchli sportchilari ishtirok etib,  tomoshabinlarga hayajonli lahzalarni taqdim etishdi. 

Bellashuv natijalariga ko‘ra quyidagi sportchilar kuchlilar safidan joy olishdi. 

Toyloq: "Har bir uyga bepul huquqiy maslahat bilan"

   Toyloq tuman adliya bo'limi tomonidan "Birlik" va "Beklar" mahallalarida "Har bir uyga bepul huquqiy maslahat bilan" huquqiy aktsiyasi doirasida sayyor qabullar va xonadonlarga kirilgan holda aholi bilan muloqotlar o'tkazildi.  

  Qabul davomida fuqarolarning huquqiy murojaatlarini qabul qilish bilan birgalikda ularga qonunchilikdagi so'nggi yangiliklar bo'yicha tushuntirishlar, huquqiy maslahatlar berilib, sayyor tarzda davlat xizmatlari ko'rsatildi.

2015-2018 © Тойлоқ туман хокимлиги. Сайт САКТРМ томонидан ишлаб чиқилди