Qiz bola tarbiyasi - millatning ertasi

Image_tadbir: 

    Ayni kunlarda Toyloq tumanidagi Tepaqishloq  mahallasida “Obod xonadon, obod ko‘cha, obod mahalla” tamoyili asosida obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda. Dastur doirasida nafaqat qishloq infratuzilmasini yaxshilash, balki aholi xonadonlarining sarishtaligi, yoshlar ta’lim-tarbiyasi, uyushmagan yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish kabilarga ham e’tibor qaratilmoqda.
    Shu ma’noda aytganda, bugun Toyloq tuman hokimining o‘rinbosari, oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i Noila Kambariddinova mazkur qishloqda joylashgan 39-umumta’lim maktabida bo‘lib, o‘quvchi qizlar bilan suhbatlashdi. Suhbat jarayonida qizlarning odob-axloqi, kiyinish va so‘zlashish madaniyati, kelajakdagi maqsad-rejalari haqida gaplashishdi. Shuningdek, o‘quvchilarning darslarni o‘zlashtirishi, ularni to‘garaklarga jalb qilish borasida o‘qituvchilarga tavsiyalar berdi.

2015-2018 © Тойлоқ туман хокимлиги. Сайт САКТРМ томонидан ишлаб чиқилди