Qiz bola tarbiyasi - millatning ertasi
Ayni kunlarda Toyloq tumanidagi Tepaqishloq mahallasida “Obod xonadon, obod ko‘cha, obod mahalla” tamoyili asosida obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda. Dastur doirasida nafaqat qishloq infratuzilmasini yaxshilash, balki aholi xonadonlarining sarishtaligi, yoshlar ta’lim-tarbiyasi, uyushmagan yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish kabilarga ham e’tibor qaratilmoqda.
Shu ma’noda aytganda, bugun Toyloq tuman hokimining o‘rinbosari, oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i Noila Kambariddinova mazkur qishloqda joylashgan 39-umumta’lim maktabida bo‘lib, o‘quvchi qizlar bilan suhbatlashdi. Suhbat jarayonida qizlarning odob-axloqi, kiyinish va so‘zlashish madaniyati, kelajakdagi maqsad-rejalari haqida gaplashishdi. Shuningdek, o‘quvchilarning darslarni o‘zlashtirishi, ularni to‘garaklarga jalb qilish borasida o‘qituvchilarga tavsiyalar berdi.