Bu haqda tuman vetenariya va chorvachilikni rivojlantirish bo‘limi boshlig‘i Rustam Haydarov ishtirokida o‘tkazilgan matbuot anjumanida aytildi. Tadbir davomida soha mutaxasislari tomonidan oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligini taminlash bo‘yicha dehqon bozorlarida olib borilayotgan ishlar to‘g’risida ma’lumot berdi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2010 yil 26-apreldagi “Dehqon bozorlari va savdo komplekslari faoliyatini tashkil qilishni yanada takkomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida“ gi qarorida belgilangan veterinariya xizmati va sanitariya epidemiologiya nazorati organlarini jalb etgan holda har bir dehqon (oziq-ovqat) bozorlarida olib kelinayotgan oziq-ovqat mahsulotlari sifati ekspress-analiz labaratoriyalarida tekshirilmoqda.
Tumanda to‘rtta - Toyloq, Jumabozor, Davlatobod va Bog‘izog‘on dehqon bozorlari aholiga xizmat ko‘rsatmoqda, -deydi R.Haydarov.
-Tumandagi barcha dehqon bozorlarida ekspress-analiz labaratoriyalari tashkil qilingan.
Tuman veterinariya sanitariya ekspertiza labaratoriyasida 4 nafar oliy ma’lumotli malakali xodimlar xizmat ko‘rsatadi.
Tuman tashxis markazi veterenariya-sanitariya laboratoriyasi tomonidan keltirilgan go‘sht va qishloq xo‘jaligi mahsulotlari vet-san ekspertiza labaratoriyasidan o‘tkazilib, sotishga ruxsat beriladi.
Joriy yilning birinchi choragi davomida 236 ta namunadan 62100 kg go‘sht mahsuloti tekshirilgan. Veterinariya sanitariya ekspertizasi ko‘rigidan o‘tkazilib, 5 ta namunaga asosan 30 kg mahsulot iste’molga yaroqsiz deb topilgan va veterinariya qonunchiligi bo‘yicha zararsizlantirilib, yo‘q qilingan.
632 ta namuna ya’ni, 35700 kg qo‘y go‘sht mahsuloti veterinariya sanitariya ekspertizasi ko‘rigidan o‘tkazilib, 3 ta namunaga asosan 8 kg mahsulot iste’molga yaroqsiz deb topilib, veterinariya qonunchiligi bo‘yicha zararsizlantirilib, yo‘q qilindi.
85600 kg baliq mahsuloti veterinariya sanitariya ekspertizasi ko‘rigidan o‘tkazilib, 5 ta namunaga asosan 57 kg mahsulot iste’molga yaroqsiz deb topilibgan.
Qolaversa, 14 kg sut mahsuloti, 152 kg qishloq xo‘jaligi mahsulotlari iste’molga yaroqsiz deb topilgan.
Bundan tashqari, tuxum, poliz mahsulotlari, tuzlamalar asal va boshqa qishloq xo‘jaligi mahsulotlari laboratoriya tekshiruvidan o‘tkazilib, yaroqli deb topilganlari sotishga ruxsat etiladi.