Ayni kunlarda Toyloq tumanida sektorlar rahbarlari hamda mutasaddilar ishtirokida faoliyati to‘xtab qolgan tadbirkorlar bilan uchrashuvlar o‘tkazilib, ular bilan yuzma-yuz muloqotlar olib borilmoqda. Ana shunday uchrashuvlardan biri tumaning 3-sektor hududida bo‘lib o‘tdi.
Unda sektor rahbari Oybek Xo‘jamov hamda tuman hokimining birinchi o‘rinbosari Jamshed Xo‘jamurodovlar ishtirok etdi va tadbirkorlarning faoliyatini qayta tiklash maqsadida mavjud muammolarni o‘rgandi.
Ma’lumot o‘rnida, 3-sektor hududida faoliyatsiz tadbirkorlik subektlari soni 152 tani, kichik biznes subektlari tomonidan 2023 yillik 1KB statistika hisobotini xajmsiz nol topshirganlar 70 tani tashkil etadi.