2024-yilda aholi xonadonlariga 5 mln 388 ming kg suyultirilgan gaz yetkazib beriladi

   Toyloq tumanida gazlashgan xonadonlar 40951 ta, shundan tabiiy gaz iste’molchilari soni 10468 ta (26%), suyultirilgan gaz iste’molchilari soni 30483 ta (74%) ni tashkil etadi.

    Tumanda tabiiy gazdan foydalanayotgan aholi iste’molchilari soni 10468 ta, ulgurji iste’molchilar 227 ta, sanoat 6 ta, avtomabillarga gaz quyish shaxobchalari 13 ta, kichik va o‘rta beznes korxonalari 158 ta, budjet tashkilotlari 29 ta.

   Tumanda mavjud GRP lar soni jami 321 ta bo‘lib, tabiiy gaz tarmoqlari 342,2 ming km ni tashkil etadi.

  227 ta ulgurji iste’molchilariga 2023-yil 68 mln m3, limit (fond) ajratilgan bo‘lib, olib borilgan chora tadbirlar samarasida 57. mln m3 iste’mol qilindi va 11 mln m3 ga iqtisod qilinib qolindi,  joriy yil boshidan ulgurji iste’molchilar va AGNKSlar kunlik limitdan ortiqcha tabiiy gaz foydalanmasliklari uchun GRSdan to‘xtatilmoqda. Yil yakuniga qadar 75,4 mln m3 tabiiy gaz rejasiga amal qilinishi uchun barcha chora tadbirlar tuzilgan. Belgilangan limitga nisbatan (14,5 mln.m3) tejaladi.

   O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-sentyabrdagi “Tabiiy gaz nazorati va xisobining avtomatlashtirilgan tizimini joriy etish” to‘g‘risidagi PQ-4840-sonli qorori asosida Toyloq tumanida “Aqlli” gaz hisoblagichlarni o‘rnatish 2020-yil may oyidan boshlangan bo‘lib, rejaga ko‘ra 9742 dona o‘rnatilishi belgilangan, amalda 9742 dona o‘rnatildi. 

   Shuni takidlash kerakki, aholi xonadonlariga “Aqlli” gaz hisoblagich, himoya qutisi, regulyator (bosim rostlagich) va zarur bo‘lgan ehtiyot qismlar “Hududgazta’minot” AJ tomonidan mutloqo bepul o‘rnatilgan.

    Suyultirilgan gaz iste’molchilari soni 30483 ta, maishiy gaz balonlari soni 33 165 dona Toyloq tumani bo‘yicha aholi xonadonlariga suyultirilgan maishiy gaz ballon bilan ta’minlanish darajasi 106 % ni tashkil qiladi.

  Oylik tashib kelish quvvati 474 ming 460 kg bo‘lib, ballonlarni tashish uchun 5 dona gaz tashuvchi avtotransport vositalari bilan oylik quvvati 474 ming 460 kg suyultirilgan gaz yetkazib berildi.

   2023-yil 12 oyda aholi xonadonlariga yetkazib berilgan suyultirilgan gaz miqdori 5594,2 kg. 2022-yil 5331,6 kg bilan taqqoslanganida o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 262,6 ming kg ko‘p yetkazib berilgan.

   Bundan tashqari maishiy gaz balon olmagan 192 ta aholi xonadonlari maishiy gaz balon bilan ta’minlandi.

   2023-2024-yil kuz-qish mavsumini betalofat o‘tkazish hamda favqulodda vaziyatlarni zudlik bilan bartaraf etilishni tashkil qilish maqsadida 2 ta avariya birgadalari tashkil qilindi, 2 ta maxsus texnikalar jalb qilinib, Charog‘bon mahallasidan o‘tuvchi o‘rta bosimli 0,5 km yer osti gaz quvuri joriy oyda rekonstruksiya qilindi. Vorsin, Bog‘ichinor mahallalaridagi 2 ta yuqori bosimli gaz taqsimlash puktlari mukammal ta’minlandi.

   Tumanda 29 ta ijtimoiy soha obe’klari, maktab va maktabgacha ta’lim muasasalari va OSHP, KTMPlar ko‘mirga moslashtirildi.(2022-2023 yillarda 1211603 m3 tabiiy gaz iste’mol qilgan edi, 2023-2024 yillarda ko‘mirga moslashtirilganligi sababli 1211603 m3 tabiiy gaz iqtisod qilindi.

  Tuman hududlarida joylashgan aholi xonadonlarining gaz ta’minoti tizimini ikki bosqichli tizimga o‘tkazish ishlari Nurli yo‘l, Madaniyat, Navbahor mahallalarida to‘liq bajarilib, yil dovomida texnologik yo‘qotishlar 1 oyda 9,6 m3 iqtisod qilinib, yil yakuniga qadar tumanda 77,1 m3 tabiiy gaz iqtisod qilinishi ko‘zda tutilgan.

   2024 yilda tabiiy gazni iqtisod qilish maqsadli ko‘rsatkichlari aprel-dekabr oylarida 14.5 mln m3 tabiiy gazni iqtisod qilish ko‘zda tutilgan bo‘lib, xozirda tumanda Ijtimoiy soha obe’klari tarmoqdan o‘chirilib, AGNKSlar kunlik limitdan foydalanib bo‘lganidan so‘ng tarmoqdan to‘xtatilmoqda.

   2023-yil yanvar-dekabr oylarida suyultirilgan gaz iste’molchilariga belgilangan reja 5387,7 ming kg bo‘lib, amalda 5594,2 ming kg suyultirilgan gaz yetkazib berildi.  Rejaga nisbatan 206,5 ming kg ko‘p.

   2024-yilda aholi xonadonlariga 5 mln 388 ming kg suyultirilgan gaz yetkazib berish rejalashtirlgan. Tumandagi suyultirilgan gaz iste’molchilariga bir oyga 16 kg kunlik 0,5 kg suyultirilgan gaz to‘g‘ri keladi.

 

Yusuf Daminov “Toyloqtumangaz” gaz ta’minoti

bo‘limi boshligi/

 

 

2015-2018 © Тойлоқ туман хокимлиги. Сайт САКТРМ томонидан ишлаб чиқилди