Maktabda ''Eng namunali ko‘rgazmali qurol'' ko‘rik-tanlovi
21.09.2021 - 09:59 Umumta'lim maktablarida o'tkazilayotgan boshlang'ich ta'lim fan oyligi doirasida Toyloq tumanidagi 4- maktab boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari o‘rtasida ''Eng namunali ko‘rgazmali qurol'' ko‘rik-tanlovi tashkil etildi.
Ma'lumki bolalarning boshlang'ich bilimlarini boyitish va mustahkamlashda ko'rgazmali qurollarning ahamiyati yuqori hisoblanadi. Pedagog xodimlar o'quvchilarning o'qish, ona tili, matematika kabi fanlarga qiziqishini oshirishga xizmat qiladigan rang-barang ko'rgazmali qurollarni taqdimot qilib, ularni ommalashtirishning ahamiyati haqida gapirishdi.
Eng yaxshi deb topilgan ishlar mualliflari maktab ma'muriyati tomonidan rag'batlantirildi.
Tuman hokimligi axborot xizmati.