Maktabda ''Eng namunali ko‘rgazmali qurol'' ko‘rik-tanlovi

   Umumta'lim maktablarida o'tkazilayotgan boshlang'ich ta'lim fan oyligi doirasida Toyloq tumanidagi 4- maktab boshlang‘ich  sinf  o‘qituvchilari o‘rtasida  ''Eng namunali ko‘rgazmali qurol'' ko‘rik-tanlovi tashkil etildi.            
   Ma'lumki bolalarning boshlang'ich bilimlarini boyitish va mustahkamlashda ko'rgazmali qurollarning ahamiyati yuqori hisoblanadi. Pedagog xodimlar o'quvchilarning o'qish, ona tili, matematika kabi fanlarga qiziqishini oshirishga xizmat qiladigan rang-barang ko'rgazmali qurollarni taqdimot qilib, ularni ommalashtirishning ahamiyati haqida gapirishdi. 
     Eng yaxshi deb topilgan ishlar mualliflari maktab ma'muriyati tomonidan rag'batlantirildi.

Tuman hokimligi axborot xizmati.
 

2015-2018 © Тойлоқ туман хокимлиги. Сайт САКТРМ томонидан ишлаб чиқилди