Toyloqliklarni bayram tantanasiga taklif etamiz 

   Bugun soat 18:00 da Toyloq tumanining markaziy o‘yingohida Mustaqilligimizning 32 yillik shodiyonasi nishonlanadi.

  “Yangi hayot uchun, Yangi O‘zbekiston uchun!” shiori ostida o‘tkaziladigan bayram tantanasida estrada xonandasi Sevinch Mo‘minova hamda “Nihol” mukofoti sohibasi Laylo Alimovaning tashrifi kutilmoqda. 
    
  Shuningdek, bayram tadbirida “Mukarrama Turg‘unboyeva nomidagi “Bahor” davlat raqs ansambli” ham ishtirok etib, muxlislar xizmatida bo‘lishadi. Qolaversa, tadbir doirasidan turli dasturlar, qiziqarli shoular, tumanimiz san’atkorlarining musiqiy dasturlari o‘rin olgan.

   Barchangizni bayram tantanasida kutamiz! Keling, ishtirok eting va maroqli dam oling!
 

2015-2018 © ХОКИМИЯТ ТАЙЛАКСКОГО РАЙОНО. Сайт разработан SAKTRM