Tumanimizning 3-sektor hududidagi Navzandak hamda Yassitepa mahallalari “Obod qishloq”, “Obod mahalla” davlat dasturi asosida obodonlashtirilmoqda. Ayni kunlarda mazkur mahallalarda ish qizg‘in davom etmoqda.
Bugun ham erta tongdan tuman tashkilotlaridan biriktirilgan vakillar hamda mahalla ahli guzar va ko‘chalarni tozalash, ariq kovlash, uy devorlarini ranglash kabi yumushlarni bajarishda hasharlar tashkil etib, hamjihatlikda o‘z hissalarini qo‘shishmoqda.
Tuman hokimligi axborot xizmati.