TOYLOQ TUMAN HOKIMI BAHODIR BOBONAZAROVNING 8-MART “XALQARO XOTIN-QIZLAR KUNI” MUNOSABATI BILAN XOTIN-QIZLARGA YO'LLAGAN BAYRAM TABRIGI
07.03.2024 - 16:48Aziz va munis onaxonlar, hurmatli opa-singillar, go'zal qizlar!
Barchangizga muhabbat, go'zallik, latofat va mehr ramzi bo'lgan 8-mart Xalqaro xotin-qizlar bayrami muborak bo‘lsin!
Siz borsizki, hayotimiz go‘zal va maftunkor! Oilani ham, jamiyatimizni ham birlashtirib, unga fayz-u baraka kiritadigan ham, xonadonlarimizni mehr-muhabbat, nafosat, ezgulik nuri bilan munavvar qiladigan ham aslida moʻtabar onalarimiz, munis opa-singillarimizdir. Chindan ham, ayollarimizning oilada ham yoyinki jamiyatimizda ham tutgan o‘rni beqiyosdir. Bugun xotin-qizlar uchun davlatimiz rahbari tomonidan keng imkoniyatlar yaratib bermoqda. Shuningdek, mahallalarda xotin-qizlar bandligini ta’minlash va salomatligini mustahkamlash borasida keng ishlar amalga oshirilmoqda.
Aziz opa-singillar!
Sizlarni ushbu goʻzal ayyom bilan yana bir bor tabriklab, barchangizga sihat-salomatlik, oilangizga tinchlik-xotirjamlik, fayzu baraka, koʻtarinki kayfiyat tilayman.
Chehrangizdan tabassum arimasin!
Doimo xalq ardogʻida boʻling!