Tanlovda ishtirok eting
02.11.2021 - 08:48Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi Toyloq tuman bo‘linmasi tomonidan joriy yilning 8 noyabr kuni soat 10-00 da tashabbuskor, fidoyi talaba va o‘quvchi-yoshlar o‘rtasida “VATAN TARAQQIYOTIGA MENING HISSAM” nomli ko‘rik- tanlov o‘tkaziladi.
Tanlov:
“Tasviriy va amaliy sanʼat” ;
Adabiyot va publitsistika” (nazm, nasr va publitsistik materiallar);
“Milliy maqom va milliy estrada” yo‘nalishlarida bo‘lib o‘tadi.
Tanlovda 15 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan yoshlar ishtirok etishlari mumkin.
Manzil: Toyloq tuman 29-son мusiqa va san'at maktabi.
Murojaat uchun telefon: (99)-770-01-22.