Toyloqlik Marziya ona Shamsiyeva “Shuhrat” medali bilan taqdirlandi
29.08.2023 - 13:15 Joriy yilning 27-avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining o‘ttiz ikki yilligi munosabati bilan davlat xizmatchilari hamda ishlab chiqarish va ijtimoiy-iqtisodiy sohalar xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida"gi Farmoni qabul qilindi.
Mazkur farmonga ko‘ra front orti xizmatchisi 104 yoshli toyloqlik onaxon Marziya Shamsiyeva “Shuhrat” medali bilan mukofotlandi.