Янгиликлар

Aholi murojaatlari tinglandi

   Bugun O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Toyloq tumanidagi Xalq qabulxonasida tuman hokimining fuqarolar uchun navbatdagi sayyor qabul bo‘lib o‘tdi.  Unda tuman hokimi  B. Babonazarov, hokim o‘rinbosarlari J. Haqberdiyev, N. Kambariddinova, idora va tashkilot rahbarlari hamda murojaat bilan kelgan fuqarolar ishtirok etishdi.

Ko'kalamzorlashtirish oyligi davom etmoqda

    Bugun ekilgan bir dona nihol kun kelib, katta daraxtga aylangach, uning soyasi-yu mevasidan katta-yu kichik birdek bahramand bo‘ladi, olayotgan nafasimiz musaffoligi ta’minlanadi. 
    Toyloq tumanida joriy yilning kuz mavsumida 407 ming dona turli xildagi manzarali va mevali daraxt ko‘chatlarini ekish rejalashtirilgan bo‘lib, ayni kunga qadar hududda 51, 9 ming dona mevali va manzarali daraxt ko‘chatlari ekildi va bu boradagi ishlar jadallik bilan olib borilmoqda. 

2015-2018 © Тойлоқ туман хокимлиги. Сайт САКТРМ томонидан ишлаб чиқилди