Янгиликлар

Tuman prokurori fuqarolarning murojaatlarini tingladi

    Toyloq tuman prokurori, 2-sektor rahbari Asomiddin Saypiddinovning navbatdagi sayyor qabuli Baxshitepa mahallasida bo‘lib o‘tdi. 
   Qabul davomida fuqarolarning ichki  yo‘llarni ta’mirlash, ichimlik suvi, moddiy yordam,  elektr energiyasidagi muammolar va boshqa   masalalar bo‘yicha murojaatlari tinglandi.
   Barcha murojaatlar tegishli tartibda ro‘yxatga olinib, yechimi oson bo‘lgan murojaatlar joyida hal etildi, ayrimlari huquqiy maslahat va tushunchalar bilan qoniqtirildi.  

Jinoyatchilikning barvaqt oldini olish– bosh maqsadimiz

    Bugun Toyloq tuman prokurori tumaning mas’ullari bilan birgalikda Qo‘rg‘oncha, Navbahor va Baxshitepa mahallalarida jinoyatchilikka qarshi kurashish va "Obod va xavfsiz mahalla" tamoyili asosida xavsiz mahalla muhitini yaratish borasida mahalla "beshligi" tomonidan amalga oshirilayotgan ishlarni tanqidiy muhokama qildi.

2015-2018 © Тойлоқ туман хокимлиги. Сайт САКТРМ томонидан ишлаб чиқилди