Aholi tomorqadan qanday foydalanyapti?
26.03.2024 - 13:45Joriy yilning 14-mart kuni davlatimiz rahbari raisligida tomorqa va uy xo‘jaliklaridagi imkoniyatlarni to‘liq ishga solish orqali aholi daromadlarini oshirish yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilgan edi. Unda belgilangan vazifalardan kelib chiqib, Toyloq tumanida ham tomorqalardan unumli foydalanish choralari ko‘rilmoqda. Xususan, tuman prokurori A.Saypiddinov Muborak mahallasida bo‘lib, bu boradagi vazifalar ijrosi bilan tanishdi.