Янгиликлар

Xitoylik ishbilarmonlar bilan hamkorlik kengaymoqda

   Bugungi kunda O‘zbekiston va Xitoy munosabatlari navbatdagi bosqichga ko‘tarildi.  O‘zbekistonning Xitoy bilan aloqalari keng qirraliligi, turli sohalarni qamrab olayotgani  bilan ahamiyatli bo‘lmoqda. 
    Bugun bir guruh Xitoylik ishbilarmonlar Toyloq tumanida bo‘lib,  ishlab chiqarish va savdo faoliyati bilan tanishishdi.  
    Kun yakunida esa tuman hokimining o‘rinbosari Bahodir Sanaqulov investorlar bilan uchrashib, Xitoy hamda Toyloq tumani tadbirkorlari bilan hamkorlikla ishlab chiqarish loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha muzokaralar olib borildi.
 

SPORTCHILARIMIZ O'ZBEKISTON CHEMPIANATIDA ISHTIROK ETISHDI 

  Joriy yilning 26-30 mart kunlari Urganch shahrida sportning sambo va jangavor sambo turi bo’yicha o'smirlar va o'smir qizlar o'rtasida O'zbekiston chempianati o'tkazildi.

  Ushbu nufuzli musoboqada Toyloq оlimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi sportchilari quyidagi natijalarni qo'lga kiritdi.

O'smirlar o'rtasida:
49 kg vaznda
Abdullayev Nurmuhammad 3-o'rin.

72 kg vaznda 
Salimova Elnora 3-o'rin.

Yoshlar o'rtasida:
64 kg vaznda 
Boltayev Sunnat 2-o'rin.

65 kg vaznda
G'aniyeva Mashhura 2-o'rin.

2015-2018 © Тойлоқ туман хокимлиги. Сайт САКТРМ томонидан ишлаб чиқилди