Янгиликлар

Yoshlar rahbarlar e’tiborida

    Bugun Toyloq tumani prokurori Asomiddin Saypiddinov 2-sektor hududida yashovchi  profilaktik va probatsiya hisobida turuvchi yoshlar bilan uchrashdi.  
    Yuzma-yuz suhbat davomida yoshlarga qilgan xatolaridan to‘g‘ri xulosa chiqarish kerakligi, o‘z oldiga katta maqsadlarni qo‘yib, ularni amalga oshirish uchun astoydil harakat qilishi lozimligi hayotiy misollar asosida tushuntirildi. 

Tuman aholisi uchun navbatdagi qabul bo‘lib o‘tdi

  Bugun O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Toyloq tumanidagi Xalq qabulxonasida o‘tkazilgan qabulda Toyloq tuman hokimining o‘rinbosari J.Xo‘jamurodov, tuman Xalq qabulxonasi mudiri Q. Ismoilov hamda tuman korxona va tashkilotlar rahbarlari ishtirok etib, fuqarolarning murojaatlarini tinglashdi. 
    Qabulda fuqarolar o‘zlari istiqomat qilayotgan hududning ijtimoiy va kommunal sohaga oid muammolari, shuningdek shaxsiy masalalar bo‘yicha murojaat qildilar.

2015-2018 © Тойлоқ туман хокимлиги. Сайт САКТРМ томонидан ишлаб чиқилди