Янгиликлар

TAYINLOV

    Toyloq tumani hokimining tegishli qaroriga asosan Xidirov Muzaffar Oblonazarovich Toyloq tumani hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari bosh mutaxassisi lavozimiga tayinlandi.

    M.Xidirov ushbu tayinlovga qadar Toyloq tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo'limi maktablar faoliyatini muvofiqlashtirish shu’ba mudiri lavozimida faoliyat olib borgan.
 

TAYINLOV

Toyloq tumani hokimining tegishli qaroriga asosan Xamroyev Komil Axrorkulovich tuman hokimligi Devonxona mudiri lavozimiga tayinlandi.

Komil Xamroyev ushbu tayinlovga qadar Toyloq tumani hokimligi ijro nazorati bosh mutaxassisi vazifasida ishlagan.

Qo‘l jangi bo'yisha "Toyloq tuman hokimi kubogi" bo‘lib o‘tdi

Bugun Toyloq tumanidagi sport maktabida professional qo‘l jangining R1 yo‘nalishida "Toyloq tuman hokimi kubogi" bo‘lib o‘tdi. Qizg‘in va murosasiz o‘tgan musobaqada viloyatimizning professional va eng kuchli sportchilari ishtirok etib,  tomoshabinlarga hayajonli lahzalarni taqdim etishdi. 

Bellashuv natijalariga ko‘ra quyidagi sportchilar kuchlilar safidan joy olishdi. 

2015-2018 © Тойлоқ туман хокимлиги. Сайт САКТРМ томонидан ишлаб чиқилди