G‘alla o‘rish mavsumiga puxta hozirlik ko‘rilmoqda

   Gʻalla rizq-ro‘zimiz.  Uni nest-nobud qilmay yig‘ib olish soha mutaxassislarining bugungi sa’y-harakatiga bog‘liq. Buni to‘liq anglagan Toyloq tuman mutasaddilari mavsumga puxta tayyorgarlik ko‘rishmoqda. Boshoqli don o‘rim-yig‘imi ishlarida qatnashadigan kombaynlarni mavsumga hozirlash,  don qabul qilish punktlarida yetarli sharoit yaratish,  yong‘in xavfsizligini ta’minlash kabi ishlar tizimli asosda, izchillik bilan olib borilmoqda.
  Bugun Favqulodda vaziyatlar vazirligi boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari, polkovnik Ortiqmirzo Ziyoboyev "Jomboydonmahsulotlari" AJga qarashli Toyloq don qabul qilish punktida bo‘lib, mavsumga tayyorgarlik holatini o‘rgandi.

 

2015-2018 © Тойлоқ туман хокимлиги. Сайт САКТРМ томонидан ишлаб чиқилди