“PROM PRO Expo 2023” sanoat yarmarkasida toyloqlik tadbirkorlar faol ishtirok etmoqda

    Ayni kunlarda Samarqand viloyati Jomboy tumanidagi “Sof Expo Samarkand” ko‘rgazmalar kompleksida mahalliy tadbirkorlik subektlari va korxonalari uchun “PROM PRO Expo 2023” hududiy tarmoqlararo sanoat yarmarkasi hamda sanoatchilar forumi bo‘lib o‘tmoqda. Unda “Avtomobilsozlik, qurilish materiallari, charm-poyabzal, mebelsozlik, elektrotexnika, turizm, oziq-ovqat sanoati hamda gilam mahsulotlarini ishlab chiqarish”ga ixtisoslashtirilgan sanoat kooperasiyalari ishtirok etishmoqda. 

  Yarmarkada toyloqlik tadbirkorlar – har xil turdagi poyafzal ishlab chiqaruvchi "FOVORITE SHOES" MCHJ QK, o'simlik yog'i hamda sut va sut mahsulotlar ishlab chiqaruvchi "PET AGRO OIL" MCHJ QK hamda Vino va vino mahsulotlari ishlab chiqaruvchi "BOG‘IZAG‘ON" MCHJ ham o‘z mahsulotlari bilan ishtirok etishmoqda.
 

2015-2018 © Тойлоқ туман хокимлиги. Сайт САКТРМ томонидан ишлаб чиқилди