Ochiq suv havzalarida cho‘milish hayotingiz uchun xavflidir

   Yurtimizning barcha maktablarida darslar tugab, bolalarning yozgi dam olish kunlari boshlanadi. Albatta yoz faslining issiq kunlarida bolajonlarimiz bo’sh vaqtlarini tabiat qo‘ynida o‘tkazishni, cho‘milish joylariga o‘rtoqlari bilan borishni juda xush ko‘rishadi. Shu sababdan farzandlarimizni ruxsat etilmagan va taqiqlangan joylarda cho‘milmasliklarini hamda suvda cho‘kish bilan bog‘liq baxtsiz hodisalarni oldini olish borasida, ushbu cho‘milish mavsumi oldidan Toyloq tumanida targ‘ibot va tashviqot ishlari olib borilmoqda.

    Tumanimiz hududidan oqib o‘tayotgan ariqlar, daryo va kanallarni hisobga olsak, suvli hududlar ko‘p. Olib borilayotgan profilaktik tadbirlarda tuman Ichki ishlar, suv xo‘jaligi bo‘limlari bilan hamkorlikda taqiqlangan joylarda cho‘milish bilan bog‘liq  reydlar o‘tkazilib kelinmoqda. Bundan tashqari, tuman hududidagi kanal va daryolarning belgilanmagan joylarida cho‘milishni taqiqlovchi 35dan ortiq eslatmalar o‘rnatildi.

   Cho‘kish bilan bog‘liq holatlarni oldini olishda va bu boradagi profilaktik ishlarda keng jamoatchilikni ham o‘rni muhim hisoblanadi. So‘nggi yillarda respublikamizning turli hududlarida cho‘milish maqsadida yosh bolalarning yashash uyidan chiqib ketib, suvda cho‘kishi holatlari tez tez uchrab turayotganligi sababli, keng jamoatchilikdan belgilanmagan suv havzalarida, kanallar va tumanimiz hududidan oqib o‘tuvchi Zarafshon daryosida cho‘milmasliklarini, ayniqsa, yosh bolalarni nazoratsiz qoldirmasliklarini so‘rab, ota onalarimizning bu boradagi mas’uliyatlarini eslatib o‘tamiz.

                                         Shoxjaxon Xudoyqulov,

       Toyloq tumani FVB FVDT va FM        

                           boshlig‘i, kapitan.                   

                                                            

2015-2018 © Тойлоқ туман хокимлиги. Сайт САКТРМ томонидан ишлаб чиқилди