Toyloqda aholini qiynab kelayotgan va birinchi navbatda hal etilishi lozim bo‘lgan muammolar aniqlandi

   Toyloq tumani mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash bo‘limi va O‘zbekiston Respublikasi Prezindyentining Toyloq tuman xalq qabulxonasi bilan hamkorlikda 2022 yil davomida tuman miqyosida barcha mahallalarda aholining haqli e’tiroziga sabab bo‘layotgan tizimli muammolarni aniqlash va ularni xal etish yuzasidan xatlovdan o‘tkazildi.

   Xatlov natijasida aholining haqli e’tiroziga sabab bo‘layotgan bir qancha tizimli muammolar aniqlandi. Jumladan tumanda jami 150 ta 1 sektor mahallalarida 39 ta, 2 sektor mahallalarida 36 ta, 3 sektor mahallalarida 39 ta va 4 sektor mahallalarida  36 ta aholini qiynab kelayotgan va birinchi navbatda hal etilishi lozim bo‘lgan muammolar aniqlandi.

   Jumladan; Ichimlik suvi bilan ta’minlash bo'yicha:

   Aniqlangan muammlarning  35 tasi ichimlik suvi muammosi ekanligi, shu jumladan, aholini ichimlik suvi bilan ta’minlash maqsadadia 88 km uzunlikdagi ichimlik suvi tarmog‘ini tortish, 17 km uzunlikdagi tarmoqni ta’mirlash, 13 ta suv minorasini qurish, 9 ta suv nasosini o‘rnatish, 2 tasini ta’mirlash lozimligi aniqlandi.

    Elektr ta’minoti bo‘yicha

   Aniqlangan muammolarning  45 tasi elektr energiya bilan ta’minlash muammosi ekanligi, shu jumaladan, 1026 ta simyog‘ochlar eskirganligi, aholini elektr energiyasi bilan ta’minlash maqsadida 43 km uzunlikda elektr tarmog‘ini tortish, 35 km tarmoqni ta’mirlash, 30 dona TP yangidan o‘rnatish, 36 ta TPni ta’mirlash va quvvatini kuchaytirish zarurligi aniqlandi.

   Ichki yo‘llar holati bo‘yicha

    19 ta mahalla fuqarolar yig‘inlari ichki yo‘llarida muammosi borligi aniqlandi. Jumladan,  56 km uzunlikda ichki yo‘llarga asfalt yotqizish, 78 km uzunlikda ichki yo‘llarga shag‘al yotqizish kabi muammolar mavjud.

    Mazkur muammolarni hal etish yuzasidan tuman miqyosida yo‘l xaritasi ishlab chiqlib tasdiqlandi va ijroga qaratildi.

    O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 25.10.2022 yildagi PQ-408-sonli “2022-2023 yillarda mahallalar infratuzilmasini yanada yaxshilash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” qaroriga muvofiq tumandagi 15 ta mahalla fuqarolar yig‘inlarida jumladan tumannning Xo‘jayuz, Charog‘bon, O‘rtaqishloq, Gulobod, Madaniyat, Qo‘shchinor, Vorsin, Navbahor, Ukrach, Bog‘izog‘on, Beklar, Xonchorbog‘, Bog‘ichinor, Bunyodkor va Nurafshon mahallalarida qiymati 10 mlrd 26 mln so‘m bo‘lgan ichimlik suvi ta’minotini yaxshilash bo‘yicha 9 ta loyiha, ichki yo‘llar holatini yaxshilash bo‘yicha 4 ta loyiha,  elektr energiyasi ta’minotini yaxshilash bo‘yicha 2 ta loyiha jami 15 ta loyiha amalga oshirilmoqda.

    2022 yilda fuqarolar yig‘inlari tomonidan hashar yo‘li bilan ichki yo‘llarga 10 km asfalt qoplamasi,  94 km uzunlikdagi ko‘chalarga shag‘al qoplamasi yotqizildi. 5 ta yangi TPlar o‘rnatilib, 123 ta simyog‘ochlar almashtirildi. 4 ta ichimlik suvi nasosi ta’mirlandi, 23 km ortiq toza ichimlik suvi tarmog‘i tortildiva ta’mirlandi. Shuningdek, 8 ta kambag‘al oilaga uy-joylar qurib berildi, 25 ta kambag‘al oilalarni uy-joylari ta’mirlandi. olis va chekka xududlarda istiqomat qilayotgan 1200 dan ortiq aholi tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi. 150 nafar gaz ballonga muhtoj aholi gaz ballonlari bilan ta’minlandi.

   Tumanda istiqomat qilayotgan 70 ta ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarga qiymati 600 ming so‘m bo‘lgan oziq-ovqat mahsulotlari va keyim kechaklar tarqatildi.

    Kuz-qish mavsumi davomida ehtiyojmand bo‘lgan ko‘mir yoqilg‘isiga muhtoj bo‘lgan 350 ta oilaga 70 tonna bepul ko‘mir mahsulotlari bilan ta’minlandi.                        

    Kam-ta’minlangan, boquvchisini yo‘qotgan tom qismi shifer bo‘lmagan,18 ta oilaga  990 dona shifer berildi.

   Tumandagi mahalla fuqarolar yig‘ini ma’muriy binolarining xolati bo‘yicha mahalla fuqarolar yig‘inlari binolarning 2 tasi ikki xonadan, 18 tasi 3 xonadan va 30 tasi 4 va undan ortiq xonalardani iborat. 2023 yil birinchi choragi yakuniga qadar 4 va undan ortiq xonalardan iborat mahalla binolarini sonini 39 taga yetkazish maqsad qilganmiz. (2 ta davlat xususiy sherikchilik orqali va 7 ta “Open byudjet” mablag‘lari asosida yangi mahalla binolarini qurish evaziga)

O‘tgan 2022 yil davomida jami 8 ta yangi qurilgan mahalla binolari foylanishga topshirildi.       

  Shuningdek, tumanda yana 2 ta (Talliota va Taraqqiyot) mahalla fuqarolar yig‘ini binolari davlat xususiy sherikchilik va 7 ta mahalla (O‘zbekiston, Yangihayot, Qo‘shchinor, Beklar, Xo‘jaqishloq, Sochak va Nurafshon) fuqarolar yig‘ini binolarini zamonavyi uslubda qayta qurish uchun “Open byudjet” platformasi orqali  2850 mln so‘m mablag‘lar moliyalashtirilib, qurilmoqda. Mazkur mahalla fuqarolar yig‘inlari binolari 2023 yil aprel oyida  foydalanishga topshirish rejalashtirilgan.

Baxtiyor Xushnazarov,

Mahalla va nuroniylarni qo'llab-quvvatlash bo'limi boshlig'i.

2015-2018 © Тойлоқ туман хокимлиги. Сайт САКТРМ томонидан ишлаб чиқилди