Muammolarga yechim izlandi

   Bugun tuman Xalq qabulxonasida fuqarolar uchun navbatdagi sayyor qabul bo‘lib o‘tdi.
   Unda tuman Xalq qabulxonasi mudiri Q.Ismoilov, tuman hokimining o‘rinbosari N.  Kambariddinova,  MIB tuman bo‘limi mas’ul xodimi,  tuman tashkilot va muassasalar rahbarlari hamda murojaat bilan kelgan fuqarolar ishtirok etishdi. 
   Qabulda fuqarolardan uy-joy, moddiy yordam, ish bilan ta’minlash, gaz balon, aliment undirish, uy-joyni hujjatlashtirish kabi masalalar yuzasidan murojaatlar kelib tushdi. 
    Barcha murojaatlar tegishli tartibda ro‘yxatga olinib, yechimi oson bo‘lgan murojaatlar joyida hal etildi, ayrimlari huquqiy maslahat va tushunchalar bilan qoniqtirildi.  
    Muddat talab etiluvchi masalalarning ijrosini ta’minlash maqsadida tegishli mutasaddilarga biriktirilib, nazoratga olindi. 

Tuman hokimligi axborot xizmati.
 

2015-2018 © Тойлоқ туман хокимлиги. Сайт САКТРМ томонидан ишлаб чиқилди