Toyloqda arzonlashtirilgan yarmarka davom etmoqda

   Toyloq tumani markazida tashkil etilga savdo yarmarkalarida kundalik zaruriy oziq-ovqat mahsulotlari aholiga maqbul narxlarda yetkazib berilmoqda. Savdo rastalari har kuni yangi va sifatli qishloq xo‘jaligi mahsulotlari, qolaversa, yog‘, shakar, guruch, dukkakli mahsulotlar umuman olganda, aholi dasturxoni uchun eng kerakli noz-ne’matlar bilan to‘ldirilmoqda.
   Bu esa aholiga arzon va sifatli mahsulotlarni yetkazish bilan birga narxlarning sun’iy va asossiz ravishda oshirilishiga yo‘l qo‘ymaslikka olib kelmoqda.

Tuman hokimligi axborot xizmati.
 

2015-2018 © Тойлоқ туман хокимлиги. Сайт САКТРМ томонидан ишлаб чиқилди