Kamondan otish bo‘yicha mahorat darsi o‘tkazildi

   Jamiyatimizda sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, aholining jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam shug‘ullanishi uchun zamon talablariga mos shart-sharoitlar yaratish, iqtidorli sportchilarni saralab olish ishlarini tizimli tashkillashtirish, kamondan otish sport turi bo‘yicha milliy terma jamoamizning Olimpiya va Paralimpiya, Osiyo va Paraosiyo o‘yinlarida, jahon chempionatlarida va boshqa yirik musobaqalarda munosib ishtirok etishini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 17 iyun kunidagi "Kamondan otish sport turini yanada rivojlantirish va ommalashtirish chora- tadbirlari tugrisida”gi Qarori qabul qilingan edi. 
      Mazkur qaror ijrosini ta'minlash maqsadida Bolalar va o'smirlar sport maktabi o'quvchilari va Toyloq tuman qo‘riqlash bo‘limi xodimlari o‘rtasida sportning "Kamondan otish" seksiyalari tashkil etilib, turli musobaqalar va mahorat darslari o‘tkazilmoqda.

2015-2018 © Тойлоқ туман хокимлиги. Сайт САКТРМ томонидан ишлаб чиқилди