MIB Toyloq tuman bo‘limi: aliment to‘lovlarini undirish bilan bog‘liq ijro xujjatlari 1403 tani tashkil qiladi. 

   O‘tgan 12 oy davomida MIB Toyloq tuman bo‘limi tomonidan jami 112 mlrd. so‘mdan ortiq 12.980 ta ijro hujjatlari bo‘yicha yakuniy qarorlar qabul qilingan va shundan 10.095 ta ijro ishlari bo‘yicha amalda 80 mlrd. so‘m mablag‘lar, ya’ni o‘tgan yilning shu davridagi ko‘rsatkichlariga nisbatan 2 barobar ko‘proq mablag‘lar undirilgan. 
Jumladan, davlat byudjetiga amalda undirilgan mablag‘lar miqdori 28 mlrd. so‘mni, banklar foydasiga undirilgan mablag‘lar miqdori 9.4 mlrd. so‘mni, yuridik va jismoniy shaxslar foydasiga undirilgan mablag‘lar miqdori esa 42.6 mlrd. so‘mni tashkil qilgan. Byuro organlari oldiga qo‘yilgan vazifalardan kelib chiqqan holda jami undiruvlar, shu jumladan davlat foydasiga undiruvlarni amalga oshirish borasida har oylik reja-grafiklar tasdiqlanib, ularning to‘liq ijrosi ta’minlab kelingan. 
    Muhtaram Prezidentimizning 6118-sonli Farmonlari talabidan kelib chiqib, yangi tizim asosida 01.12.2020 yildan boshlab davlat foydasiga undiruvlarning muayyan qismini “Temir daftar”, “Yoshlar daftari” va “Ayollar daftari” bo‘yicha jamg‘armalarga yo‘naltirish amaliyoti yo‘lga qo‘yildi.
Masalaning mamlakatimiz ijtimoiy hayoti uchun, aholimizning kam ta’minlangan qatlamlarini qo‘llab-quvvatlash uchun yo‘naltirilishi belgilangan ushbu mablag‘larni undirilishi yuzasidan belgilangan har oylik reja-grafiklarining ortig‘i bilan bajarilishi ta’minlab o‘tgan 12 oy  davomida “Daftarlar”ga jami  1 mlrd. 400 mln.  so‘m pul mablag‘lari undirilgan. 
   Byuroning yana bir asosiy vazifalaridan biri – aliment undiruvlari bilan bog‘liq faoliyat, ya’ni aholimizning davlat himoyasiga eng muhtoj qatlami - voyaga yetmaganlarning manfaatini ko‘zlagan holda sud qarorlari asosida belgilangan ta’minot mablag‘larini  qarzdorlardan o‘z vaqtida to‘liq undirib borish faoliyatidir.
    Sud qarorlari asosida ularning foydasiga belgilangan alimentlarni, ya’ni ta’minot mablag‘larini  qarzdorlardan o‘z vaqtida to‘liq undirib borish, nafaqat pul undirish, balki mutasaddi organlar bilan hamkorlikdagi profilaktik tadbirlar orqali ajrashgan yosh oilalarni tiklash, qarzdor otalarga to‘lov manbalari yaratish maqsadida ularni ishga joylashtirish, aliment to‘lovlarini to‘lashdan bo‘yin tovlab qochib yurgan qarzdorlarni qonunda belgilangan tartibda ma’muriy va jinoiy javobgarlikka tortish masalalari ham alohida muhim ahamiyat kasb etadi. 
    Tahlillarga ko‘ra, aliment to‘lovlarini undirish bilan bog‘liq ijro xujjatlari 1403 tani tashkil qiladi. 
Shu bilan birga, bo‘limga kelib tushayotgan va hal qilinayotgan murojaatlarning asosiy qismini, ya’ni 63,4 foizini aynan aliment undiruvlari bilan bog‘liq murojaatlar tashkil etmoqda. 
    Davlatimiz Rahbari tomonidan 24.11.2020 yilda imzolangan 6118-sonli Farmonida qo‘yilgan vazifa va talablar asosida Byuro tizimini, shu jumladan aliment undiruvlari sohasini tubdan takomillashtirish borasida amalga oshirilayotgan tizimli tadbirlar natijasida ushbu sohada sezilarli ijobiy natijalarga erishib kelinmoqda. 
12 oy davomida amalga oshirilgan majburiy ijro tadbirlari natijasida aliment to‘lovchi qarzdorlardan jami 5 mlrd 220 mln 523 ming so‘mdan ortiq aliment pullari undiruvchilarga undirib berildi. 
   Bu toifadagi ijro ishlari bo‘yicha qarzdor va undiruvchilar bilan olib borilgan profilaktik suhbatlar va chora-tadbilar mahsulida joriy yilning 12 oyida 286 ta oilalar yarashtirilib, oilalarning tiklanishiga erishildi. 
   Ish o‘rnini yo‘qotgan, og‘ir ahvolga tushib qolgan va yordamga muhtoj aliment to‘lovchi qarzdorlarning 59 nafari ishga joylashtirilib, ularning doimiy bandligi ta’minlandi va aliment undiruvlari ularning ish haqlarini ma’lum miqdoriga qaratildi. 
   Shu bilan birga, qonun ustuvorligi va jazo muqarrarligi tamoyillariga tayangan holda, alimentlarni to‘lashdan bo‘yin tovlab kelgan jami 76 nafar qarzdorlar Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 474-moddasi bilan ma’muriy javobgarlikka, 17 nafari esa Jinoyat kodeksining 122-moddasi bilan jinoiy javobgarlikka tortildi.
Muhtaram Prezidentimizning 2020 yil 24 noyabrdagi PF-6118-son Farmonlari talabidan kelib chiqib, 01.03.2021 yildan boshlab aliment pullarini hisoblash va to‘lash ustidan avtomatlashtirilgan nazorat tizimi yo‘lga qo‘yilib, alimentlarni oyma-oy to‘lab borilishini onlayn nazorat qilish imkoni yaratildi.
Bugungi kunda tuman bo‘yicha jami 1403 ta aliment oluvchilardan 1270 tasining nomiga shaxsiy bank plastik kartalari ochish bo‘yicha elektron so‘rovnomalar yuborilib, kelgusida aliment undirishdan tushgan pullar ularning plastik kartalariga o‘tkazib beriladi.    
    Biroq aliment qarzdorliklarini o‘z vaqtida va to‘liq undirish borasida o‘z yechimini kutayotgan eng dolzarb masalalardan biri – qarzdor otalarni ishga joylashtirish orqali ularga aliment to‘lovlari uchun muqim moliyaviy manbalar yaratish masalasidir. 
    Bugungi kunda sud qarorlari asosida aliment to‘lovlarini amalga oshirishi belgilangan 1403 ta qarzdorlarning 521 tasi rasmiy tarzda hech qayerda ishlamaydi.  Farmon talablaridan kelib chiqib yordamga muhtoj va og‘ir ahvolga tushib qolgan qarzdorlarning sektorbay manzilli ro‘yxatlari tuzilib, hamkorlikdagi tadbirlarni amalga oshirish maqsadida barcha sektor rahbarlariga taqdim etib borilmoqda. 

   Byuro faoliyatining keyingi muhim yo‘nalishdardan biri – nomulkiy undiruvlar bilan bog‘lik sud qarorlari va boshqa organlar qarorlari ijrosini ta’minlash vazifasidir. 
Bu yo‘nalish faoliyatining asosiy qismini noqonuniy egallab olingan yer maydonlarini davlat zahirasiga qaytarish, o‘zboshimchalik bilan qurilgan noqonuniy qurilmalarni buzdirish vazifasidir. 
   Majburiy ijro byurosi organlarining yana bir muhim faoliyat yo‘nalishlaridlan biri – keng qamrovli targ‘ibot tadbirlari orqali aholining huquqiy madaniyatini oshirish hamda faoliyatimizning oshkoraligini ta’minlab borishdir. 
Bu borada ham viloyat boshqarmasi va hududiy tuman-shahar bo‘limlari tomonidan muayyan tadbirlar amalga oshirib kelinmoqda. 
Joriy yilning o‘tgan 12 oyi davomida MIB Toyloq tuman bo‘limi xodimlari tomonidan qonunchilik targ‘ibotiga doir 2-marotiba televideniya orqali chiqish, 15-marotiba gazeta orqali chiqish va 28 ta og‘zaki tadbirlar o‘tkazilgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Sud xujjatlari va boshqa organlar xujjatlarini ijro etish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 6118-sonli Farmoni ijrosini sifatli va to‘laqonli ta’minlash borasida tizimli chora-tadbirlar davom ettirilmoqda.

Bo‘lim boshlig‘i 
1-darajali yurist                                                                      F.O‘.Sharipov

2015-2018 © Тойлоқ туман хокимлиги. Сайт САКТРМ томонидан ишлаб чиқилди