QABUL E'LON QILADI

TOYLOQ TUMANIDAGI PRЕZIDЕNT TA'LIM MUASSASALARI AGENTLIGI TIZIMIDAGI IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABGA 2022-2023-O'QUV YILI UCHUN QABUL E'LON QILADI!

 Тoyloq tumanidagi prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi ixtisoslashtirilgan maktabga 2022/2023-o‘quv yili uchun hujjatlar qabuli 1-IYUNdan-20-IYUNga qadar  ONLAYN shaklda ariza.piima.uz sayti orqali amalga oshiriladi.

Ixtisoslashtirilgan maktablarga qanday hujjatlar talab etiladi?
•  Tug‘ilganlik to‘g‘risida guvohnoma;
•  3x4 rasm (oxirgi 2 oyda olingan); 
•  baholar tabeli nusxasi (direktor tomonidan tasdiqlangan);
•  pasport ma’lumotlar va telefon raqamlar (talabgorning ota-onasi yoki uning o‘rnini bosuvchi shaxsning doimiy ishlab turgan telefon raqamlari).
 
  Shuningdek, agar ixtisoslashtirilgan maktablarga hujjat topshirayotgan talabgor  xalqaro, mintaqaviy yoki asosiy fan olimpiadasida g‘olib (viloyat bosqichida 1-, 2-, 3-o‘rin) bo‘lgan bo'lsa, bu haqida tasdiqlovchi hujjat nusxasini yuklashi lozim. 

Ixtisoslashtirilgan maktablarga nechanchi sinfdan qabul qilinadi?
2022-2023-o'quv yilida Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimiga o'tkazilgan 168 ta ixtisoslashtirilgan maktablarning (https://t.me/piimauz/5593):

- aniq fanlar yo'nalishiga 5-11-sinflarga
- tabiiy fanlar yo'nalishiga 7-11-sinflarga qabul bo'lib o'tadi.

 MANZIL: TOYLOQ TUMANI G'O'LVA MFY SOY QISHLOG'I

 LOKATSIYA: https://www.google.ru/maps/@39.5533641,67.2479879,431m/data=!3m1!1e3

Eslatma: Agarda talabgor Toyloq tumanidagi agentligi tizimidagi ixtisolashtirilgan maktabga ariza topshirmoqchi bo'lsa piima.uz (https://t.me/piima.uz) saytidan ixtisoslashtirilgan maktab bo'limiga kirib ariza yuboring.

Qabul jarayoniga oid yangiliklarni ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimiz orqali kuzatib boring:
Veb-sayt: piima.uz
Telegram: piimauz
 (https://t.me/piimauz)Facebook: piima.uz
 (https://www.facebook.com/piima.uz/)Instagram: piima.uz (https://www.instagram.com/piima.uz/)

2015-2018 © Тойлоқ туман хокимлиги. Сайт САКТРМ томонидан ишлаб чиқилди