Toyloqda 620 nafar norasmiy ishlovchi fuqarolar faoliyati qonuniylashtirildi

    Toyloq tuman davlat soliq xizmati organlari 2022 yilning may oyida davomida 6 milliard 922 million so‘m miqdorida soliq to‘lanib, belgilangan prognoz rejasi 116.37 million so‘m ortig‘i bilan bajarildi. Byudjetga yo‘naltirilgan mablag‘larning asosiy qismi 5 milliard so‘mi, ya’ni 75.1 foizi yuridik shaxslar, 1.7 milliard so‘mi yoki 24.9 foizi esa jismoniy shaxslar hissasiga to‘g‘ri keldi Soliq turlari bo‘yicha tahlil etadigan bo‘lsak, tushumning 2.8 milliard so‘m yoki 41.5 foizini jismoniy shaxslar daromad solig‘i, 1.7 milliard so‘m yoki 24.9 foizini jismoniy shaxslarning yer va mol-mulk solig‘i hamda qolgan 2.3 milliard so‘m yoki 33.6 foizini esa boshqa soliqlar va yig‘imlar tashkil etdi.

   Bugungi kunda Toyloq tumanida 2538 ga yaqin tadbirkorlik subyektlari faoliyat yuritadi. May oyi davomida “Soliqchi-ko‘makchi” tamoyili asosida  126 ta korxonaning 115 ta muammolari o‘rganilib, shundan  103 dan ortig‘i bevosita soliq xodimlari ko‘magida hal etildi. 

   Toyloq tuman davlat soliq xizmati organlari xodimlari tomonidan tadbirkorlik subyektlari bilan olib borilgan tushuntirish ishlari natijasida 121 ta korxonadagi 620 nafar norasmiy ishlovchi fuqarolar faoliyati qonuniylashtirildi. 

   Sohalar kesimida ko‘rib chiqadigan bo‘lsak, savdo va umumiy ovqatlanish korxonarlarida 74 nafar, ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish korxonalarida 113 nafar, qurilish korxonalarida 247 nafar hamda qishloq xo‘jaligi sohasida faoliyat yurituvchi 186 nafar fuqarolarning faoliyati rasmiylashtirildi va byudjetga 154 million so‘m qo‘shimcha mablag‘ yo‘naltirildi. 

   Joriy yilning may oyida “Soliq hamkor” dasturi orqali Toyloq tumanida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlari bilan bog‘liq soliq huquqbuzarliklari to‘g‘risida jami 18 ta murojaat kelib tushgan bo‘lib, murojaatlarga asosan 18 ta sayyor soliq tekshiruvlari o‘tkazildi. Bugungi kunga qadar murojaatlari o‘z tasdig‘ini topgan 7 nafar fuqarolarning bank plastik kartasiga 3,5 million so‘m mablag‘ o‘tkazib berildi.

Shuhrat Sharipov,
Toyloq tuman davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i.

2015-2018 © Тойлоқ туман хокимлиги. Сайт САКТРМ томонидан ишлаб чиқилди