Mehr va e'tibor

  Toyloqda lo‘li millatiga mansub oilalar bolalariga tug‘ilganlik haqidagi guvohnomalar berildi. Endilikda ular umumta’lim maktablariga jalb etiladi.

  Toyloq tumanida lo‘li millatiga mansub oilalar bolalarining huquqlari, qonuniy manfaatlarini himoya qilish, ularning sog‘lig‘i, tarbiyasi, ta’lim olishi va ijtimoiy ahvolini o‘rganish maqsadida Toyloq tuman prokuraturasi hamda maxsus ishchi guruh tomonidan o‘rganish ishlari olib borildi.

    O‘rganish jarayonida bolalarni ta’limga jalb etilganligi, shaxsini tasdiqlovchi hujjatlariga ega ekanligi, sog‘ligi, ularning ijtimoiy ahvoliga e’tibor qaratilib, ular uchun tibbiy ko‘rik tashkil etildi.  Shuningdek, tug‘ilganlik guvohnomalari topshirildi, qish mavsumi uchun issiq kiyimlar va esdalik sovg‘alari berildi.

Tuman hokimligi axborot xizmati.
 

2015-2018 © Тойлоқ туман хокимлиги. Сайт САКТРМ томонидан ишлаб чиқилди