Navbatdagi sayyor qabulda 17 ta murojaat o'rganildi

    Bugun  tuman Xalq qabulxonasida tuman hokimining fuqarolar uchun navbatdagi sayyor qabul bo‘lib o‘tdi.  Unda tuman hokimining o‘rinbosarlari, Xalq qabulxonasi mudiri, idora-tashkilot rahbarlari hamda murojaat bilan kelgan fuqarolar ishtirok etishdi.
    Aholining turli qatlamlari bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqotni kengaytirish, mavjud dolzarb muammolarni aniqlash, ularni bevosita joyida bartaraf etish yuzasidan o‘tkazilayotgan  tadbirda uy-joy, moddiy yordam, aliment undirish, bolalar nafaqasini olish, kadastr hujjatlaridagi muammolar, kredit olish kabi  17 ta murojaat kelib tushdi.    
  Fuqarolar tomonidan bildirilgan murojaatlarning aksariyatiga joyida yechim topildi,  ayrimlariga mutaxassislar tomonidan huquqiy maslahatlar berildi. Muddat talab etadigan murojaatlar bo‘yicha mas’ullar biriktirilib, o‘z vaqtida ijrosini ta’minlash yuzasidan mutasaddi rahbarlar zimmasiga aniq vazifalar yuklandi.

2015-2018 © Тойлоқ туман хокимлиги. Сайт САКТРМ томонидан ишлаб чиқилди