Ilmobod mahallasida navbatdagi sayyor qabul o‘tkazildi

    Unda tuman hokimi B. Bobonazarov, Xalq qabulxonasi tuman bo‘limi mudiri Q.Ismoilov, 4-sektor rahbari Sh. Sharipov, tuman tashkilotlari rahbarlari hamda murojaat bilan kelgan fuqarolar ishtirok etishdi. 
   Qabul davomida 17  nafar fuqaroning turli masalalarga doir murojaatlari tinglandi. Ularning barchasi tegishli tartibda ro‘yxatga olindi. Aksariyat murojaatlarga huquqiy tushuncha va maslahat berilgan bo‘lsa, muddat talab etiladigan murojaatlar ijro uchun mutasaddilarga biriktirildi.  

     Xususan, uy-joy va bola uchun nafaqa puli olish borasidagi murojaatlarga huquqiy tushuncha va maslahatlar berildi. Shuningdek, elektr energiyasidan qarzdorlik, ichimlik suvi, yo‘llarni ta’mirlash, aliment undirish, ta’lim krediti olish kabi masalalarni o‘rganib, ijrosini ta’minlash uchun mutasaddilarga biriktirildi.

Tuman hokimligi axborot xizmati.
 

2015-2018 © Тойлоқ туман хокимлиги. Сайт САКТРМ томонидан ишлаб чиқилди