Sessiyaga taklifingiz bormi?

   “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 17-moddasiga asosan Xalq deputatlari Toyloq tuman Kengashining navbatdagi qirqinchi sessiyasi 2021 yilning 13-oktabr kuni soat 15-00 da tuman hokimligining majlislar zalida chaqirilmoqda.

     Sessiya ishida kun tartibidagi quyidagi masalalar muhokama etilishi rejalashtirilmoqda:

   1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Toyloq tumanidagi Xalq qabulxonasi mudiri Q.Ismoilovning 2021-yil III-chorak davomida amalga oshirgan ishlari yuzasidan axboroti. 

    2. Jinoyat ishlari boʻyicha Toyloq tuman sudi, Toyloq tumanlararo fuqarolik sudi va Toyloq tumanlararo iqtisodiy sudlari tomonidan 2021-yil III chorak davomida amalga oshirilgan ishlari yuzasidan axborotlari. 

    3. Tuman Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari Sh.Tursunovning tumanda jinoyatchilikning oldini olish va huquqbuzarliklar profilaktikasini ta’minlash faoliyati yuzasidan hisoboti. 

    4.  Boshqa masalalar.

2015-2018 © Тойлоқ туман хокимлиги. Сайт САКТРМ томонидан ишлаб чиқилди