Sеssiyada tibbiy va moddiy yordamga muhtoj ayollarga pul mablag‘lari ajratildi

  Bugun tuman hokimligida Xalq deputatlari Toyloq tuman Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi  bo’lib tdi.  

   Sessiyada tuman kengashi deputatlari, sektorlar rahbarlari, siyosiy partiyalarning tuman kengashlari raislari, masalaga aloqador korxona va tashkilotlar rahbarlari hamda “Qo‘shchinor” gazetasi muharriri ishtirok etishdi.

  Sessiya ishini tuman Kengashi raisi B. Bobonazarov olib bordi.

  Sessiyada kun tartibiga kiritigan quyidagi masalalar muhokama etildi:

1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 3-fevraldagi “2017-2021- yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasi Yoshlarni qoʻllab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yilida amalga oshirishga oid davlat dasturi toʻgʻrisida”gi PF-6155-sonli Farmonini amalga oshirish bo‘yicha tasdiqlangan “Yo‘l xaritasi”ning 192-193-bandi ijrosi yuzasidan tuman tibbiyot birlashmasi boshligʻi U.Suvanovning hisoboti to‘g‘risida. 
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoev rahbarligida 2021-yil 24-mart kuni o‘tkazilgan videoselektor majlisining 16-sonli bayonnomasining 7-bandi ijrosini taʼminlash yuzasidan tuman sektor rahbarlarining yagona onlayn tizimiga maʼlumotlarning kiritilishi yuzasidan qilinayotgan ishlar to‘g‘risidagi hisoboti
3. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 28-apreldagi “Moddiy yordam va ko‘makka muhtoj oilalarni, xotin-qizlar va yoshlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘gʻrisida”gi 250-son qaroriga asosan “Ayollar daftari” jamgʻarmasidan mablagʻ ajratish to‘gʻrisida. 

3. Ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarga yordam ko‘rsatish maqsadida tuman "Sahovat va ko‘mak" jamg‘armasidan mablag‘ ajratish to‘g‘risida.

4.Boshqa masalalar.

    Toyloq tuman tibbiyot birlashmasi boshlig‘i Ulugʻbek Suvonovning ta’kidlashicha,  joriy yilning o‘tgan oyi davomida 1500 nafar ayollar tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi. Shulardan 580 nafarida sut bezi patalogiyasi aniqlandi. 5 nafar ayolda sut bezi saratoni aniqlanib, maxsus davo uchun onkologiya dispanseriga yo‘llanma berildi. 575 nafar ayollarga ambulator davo tavsiya va tibbiy maslahatlar berildi.

    Buyrak kasalliklari bo‘yicha 2020 yilning 8 oyida 133 nafar dispanser hisobiga olingan bo‘lsa, joriy yilda bu ko‘rsatgich 156 nafarni tashkil etmoqda. Shulardan 20 nafari glomerulonefrit, 97 nafari piyeolonefrit, 39 nafari siydik tosh kasalliklari bilan og‘rigan bemorlardir.

   Sessiyada O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 28 apreldagi “Moddiy yordam va ko‘makka muhtoj oilalarni, xotin-qizlar va yoshlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga ko‘ra tumanda “Ayollar daftari”da turuvchi 3 nafar xotin-qizlarning ijara pullarini to‘lab berish masalasi muhokama etildi.

    Mazkur masala deputatlar tomonidan tasdiqlangach, Xalq deputatlari tuman kengashining qarori qabul qilindi.

    Unga ko‘ra “Ayollar daftari”ga kiritilgan noturar joylarda istiqomat qilayotgan, o‘zining yoxud birgalikda yashovchi oila a’zolarining nomida turarjoy mavjud bo‘lmagan ayollar toifasiga kiritilgan xotin-qizlarga turar joy ijarasi kompensasiyasi belgilangan tartibda to‘lash uchun “Ayollar daftari” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan ajratilishi belgilandi.

  Sessiya yakunida kun tartibidagi barcha masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.

Tuman hokimligi axborot xizmati.

 

2015-2018 © Тойлоқ туман хокимлиги. Сайт САКТРМ томонидан ишлаб чиқилди